Mulk huquqini himoya qilishda “Xabeas korpus” institutini joriy qilish nimani anglatadi?

    Xorijiy tajribada shaxsni qamoqqa olishga sanksiya berish, uning mulkini xatlab qoʻyish sudlar vakolatiga berilgan.

    Shunga asosan, “Xabeas korpus” institutini yanada keng joriy etish orqali curishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni xatlash bilan bogʻliq qarorlarini sudda koʻrib chiqish tartibi belgilandi.

    Shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga kengroq imkoniyat berish, ularning huquqlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash maqsadida sudda oʻz mulkini oʻzganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolarini davlat bojidan ozod qilish belgilandi.

    Bu daʼvo rad etilganda, davlat boji daʼvogardan undirib olinadi.

    AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Oliy sudi axborot xizmati rahbari Aziz Obidov “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumot berdi.