Loyihaning ishchi guruhi Germaniya etnologiya muzeyiga qarashli Berlin fonogrammarxivining audiofondida faol izlanish ishlarini olib bormoqda.
“Dunyo muzeylari va institutlari fondlarida saqlanayotgan Oʻzbekiston musiqiy merosining oltin fondini yaratish” nomli multimedia loyihasi doirasida raqamlashtirish va musiqiy merosning eng yaxshi namunalarini Oʻzbekistonga taqdim yetish boʻyicha shartnomalar imolanmoqda.
Berlin fonogrammarxivida saqlanayotgan oʻzbek mumtoz musiqa namunalarini raqamlashtirish va Oʻzbekistonga qaytarish loyihasining birinchi bosqichi Konrad Adenauyer fondi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekistonning musiqiy madaniyati bilan bogʻliq yozuvlar Germaniya Etnologik muzeyi huzuridagi Berlin fonogrammarxivining butun dunyodan toʻplangan audio kutubxonasida saqlanmoqda. Toʻplam 1900-yilda shakllana boshlagan va Ikkinchi Jahon urushi boshlangunga qadar sayohatchilar, tadqiqotchilar, kolleksionerlar tomonidan taqdim yetilgan sharq xalqlarining anʼanaviy musiqasi bilan bogʻliq materiallar bilan faol ravishda toʻldirilgan. XXI asrning boshida arxiv 150 mingdan ortiq arxiv yozuvlaridan iborat edi.
1999-yilda Berlin fonogrammarxivining silindrsimon yozuvlari YUNESKO tomonidan Dunyo xotirasi reyestriga kiritilgan.
Germaniyada boshqa yirik muzey tashkilotlari ham mavjud boʻlib, ularda Oʻrta Osiyo, Eski Turkiston va Oʻzbekiston musiqa madaniyati tarixi uchun qiziq boʻlgan obyektlar mavjudligi boʻyicha izlanishlar olib borilishi lozim, deya xabar qilmoqda “Oʻzbekistond madaniy merosi loyihasi” iyelegramm kanali.