“Tilanchilik – bu ijtimoiy jinoyat. Barcha politsiya boʻlinmalariga sud ruxsati bilan gadoylarni ushlash, ularni Ctovid-19 testidan oʻtkazish, soʻngra “Qashshoqlar uyi”ga joylashtirish haqida topshiriq berildi”, deydi mahalliy politsiya vakillaridan biri.
Unga koʻra: “Bolalarni tilanchilik qilishga majbur etishga chek qoʻyadigan maxsus dastur qabul qilingan. Tilanchilik – ijtimoiy jinoyat boʻlish bilan birga, Mumbaydek shaharning nufuziga raxna solmoqda”.
Ekspertlarning aytishicha, mazkur dastur bilan qashshoqlikka chek qoʻyish shubha ostida. Qolaversa, “Qashshoqlar uyi”ga koʻchada tilanchilik qilayotganlarning barchasi uchun joy yetmaydi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida Brixanmumbai munitsipal korporatsiyasi (BMC) Mumbay koʻchalarida tilanchilik ortidan kun koʻradigan 29000 kishini, jumladan ayollar va bolalarni shunday muassasalarga joylashtirgan edi.