– Noyob ovozi, betakror ijro mahorati, oʻzbek ayoliga xos goʻzal fazilatlari bilan dunyoni maftun etib kelayotgan sevimli sanʼatkorimiz Munojotxonda oʻzbek ayoli timsoli mujassam. Har birimiz unda oʻz onamiz, opamizni koʻramiz. “Sanʼatkorlarga qahramonlik bersak boʻlarmikin, oʻylab koʻriish kerak” deganlar ham boʻldi.

Koʻpchilik eʼtiroflarni eshitib, guvoh boʻlayapmizki, biz toʻgʻri qaror qildik. Munojot Yoʻlchiyevaga ham yuksak mukofot muborak boʻlsin,–dedi davlatimiz rahbari.