Milliy estrada san'ati asoschisi, O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ijodiy merosi san'atsevar yoshlar uchun katta ibrat maktabidir. Markaziy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazida “Botir Zokirov san'ati davomchilari” ko'rik-tanlovining okrug bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi vakillari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar. Tanlovda 14 nafar harbiy xizmatchilar 3 ta shart bo'yicha bellashdi. Ishtirokchilar Botir Zokirovning ijodidan qo'shiqlar kuylashdi. G'oliblikni qo'lga kiritgan harbiy xizmatchiga esdalik sovg'alari hamda keyingi bosqichga yo'llanma okrug qo'mondonligi tomonidan topshirildi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.