Muqaddam sudlangan fuqaro yana firibgarlik qilib, qo'lga olindi

    Qo'shni davlatdagi oliygohda o'qiyotgani haqida soxta hujjat tayyorlab berib, hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilgan fuqaro 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Sh. fuqaro Sh.ga qo'shni Qozog'iston Respublikasidagi universitetning 1-kursini tamomlaganligi haqida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik ushbu hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Shu kabi, Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan F.S. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Jizzax davlat pedagogika universitetiga o'qishga kiritib qo'yishga kelishib, oldindan 5 mln so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Xuddi shunday, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabasi O.D. fuqaro G.ning farzandini tanishlari yordamida ushbu texnikumga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari o'tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.