Mazkur fil`m tarixiy-badiiy janrda suratga olingan bo'lib, unda etuk ijodkor adib Muhammad Aminxo'ja Muqimiyning hayoti va ijodi tasvirlangan. Kinokartinaning asosiy voqealari adib tug'ilib o'sgan Qo'qon shahrida suratga olingan bo'lib, unda Muqimiy yashagan davr ko'rsatilgan.
Prem`eraga fil`m ijodkorlari ham tashrif buyurishdi. Fil`m postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, stsenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar YUsupov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov.
“O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati