Murad Buildings, shu yil ham, mamlakatning taniqli kompaniyalari bilan bir qatorda oʻz toifasida munosib oʻrin egallab, “2020-yilning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofotiga sazovor boʻldi. Mukofot natijalari 1356 ta ekspert, oʻrta va yuqori darajadagi menejerlar orasida oʻtkazilgan tadqiqotlar xulosasiga tayanadi. Mazkur tadqiqot 2020-yil aprel oyidan sentyabr oyigacha oʻtkazilgan.

Eng ish beruvchilar uchun taqdim etiladigan ushbu mukofotning oʻziga xos xususiyati nimada?

Birinchidan, bu har qanday muvaffaqiyatli kompaniyaning erishgan yutuqlari ortida xodimlar, jamoa, oʻz kasbini yaxshi koʻradigan, ishini koʻzini biladigan insonlar turganligini eʼtirofidir.

Ikkinchidan, bu kompaniyada oʻziga xos anʼanalari va korporativ madaniyati mavjudligi koʻrsatkichidir. Bularning barchasi kompaniya qadriyatlari, prinsiplari va kelajak haqidagi tasavvurlari bilan uygʻunlashganida koʻplab ish izlovchilar uchun qiziqarli va jozibali omil sifatida xizmat qiladi.

Uchinchidan, kompaniyani boʻlajak ish joyi sifatida tanlashdagi muhim mezonlaridan biri bu kompaniyaning shuhrati va yaxshi nomidir. Kompaniya oʻz obroʻ-eʼtiboriga yillar mobaynida yigʻilib kelgan kichik gʻalabalardan tortib, katta yutuqlar evaziga erishadi. Kompaniyaning “tashqi baholashga” tayyorligi va bu kabi reytinglarda ishtirok etishining oʻzi ham, kompaniya maqomini oshiradi, uning ochiqligi haqida darak beradi va insonlar ishonchini qozonishiga yordam beradi.

Toʻrtinchidan, har qanday muvaffaqiyatli kompaniya bu tinimsiz rivojlanish jarayoniga oʻxshaydi. Bu jihatdan kompaniya oddiydan murakkabga, kichikdan ulkanlik sari oʻtishi va bularning barchasi zamirida faqat kompaniyada ishlovchilarning foydasi uchun emas, balki mehnat qiladigan insonlarning fidoyiligi, kompaniya ishlab chiqaradigan mahsuloti orqali koʻplab boshqa insonlar muammolarini hal qilish va dunyoni yana-da koʻrkamroq joyga aylantirish gʻoyasi yotadi.

Beshinchidan, kompaniyaning u yoki bu sohadagi muvaffaqiyatini ijobiy baholash, kompaniya va uning xodimlarining yana-da oʻsishga turtki boʻladi. Xodimlarning ulkan maqsadlar sari intilishlari va kompaniyada inson resurslarini rivojlantirishga alohida eʼtibor berish, kompaniya muvaffaqiyatining eng muhim omili sifatida xizmat qiladi.

Murad Buildings mamlakatning ilgʻor kompaniyalari qatorida oʻzining eng muhim va qadrli resurs boʻlmish – inson kapitalini rivojlanishida yuqorida eslatib oʻtilgan barcha fazilatlarga ega. Kompaniya 17 yildan buyon koʻchmas mulk sohasida koʻplab mavjud va yangi loyihalarni rivojlantirishda ishonch bilan harakat qilib kelmoqda.

Bu, shuningdek, Murad Buildings ishtirok etgan barcha xalqaro loyihalarga nisbatan ham taalluqli. Kompaniya turkiyalik hamkor Oʼzguven bilan birgalikda “Tashkent City”da eng ulkan loyiha - Nest One, Oʻzbekistonda birinchi va yagona osmonoʻpar binosini barpo etmoqda. Shuningdek, Murad Buildings qozogʻistonlik BI Group bilan sherikchilikda yangi NRG brendini yaratdi. NRG kompaniyasi poytaxtning bir necha tumanlarida yangi formatdagi, oʻzining qulayligi va mustahkamligi bilan ajralib turuvchi yangi turar joy majmualarini barpo etishni boshlab yuborgan.