Avvalroq, voqeadan keyin bir ayol shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani xabar qilingandi.
“Afsuski, yana bir yo'lovchi bir necha daqiqa oldin shifoxonada vafot etdi”, dedi Chibis.
326 kishi bo'lgan 11-sonli Murmansk – Sankt-Peterburg poyezdining yuk poyezdi bilan yon tomondan to'qnashuvi Moskva vaqti bilan soat 16:15 da Knyajaya stansiyasiga yetib kelganida sodir bo'ldi. Uch ta yo'lovchi va to'rtta yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi. Rossiya temir yo'llari ma'lumotlariga ko'ra, 31 kishi, jumladan, besh nafar voyaga yetmagan yo'lovchilar jarohat olgan.
Mazkur holat yuzasidan “Temir yo'l transporti harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Shimoli-g'arbiy transport prokuraturasi tergov jarayonini nazorat qilmoqda.
Rossiya temir yo'llari kompaniya rahbari Oleg Belozerov boshchiligida tezkor shtab tuzdi, deb xabar beradi ria.ru.