Murodjon Ahmadaliyev meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoga qarshi ringga chiqadi

    Sport 28 Oktabr 2024 199

    Oʻn ikki raundlik jang yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun boʻlib oʻtadi.

    Birinchi yarimengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi tafsilotlari maʼlum boʻlgandi.

    Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14-dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan professional boks oqshomining markaziy jangida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO)ga qarshi ringga chiqadi. Oʻn ikki raundlik jang yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun boʻlib oʻtadi.

    «Ishga qaytganimdan xursandman. Aftidan, bu P4P yulduzi, yaʼni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir oʻzimga tegishli narsani qoʻlga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq boʻladi«, — dedi 29 yoshli charm qoʻlqop ustamiz.

    Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy daʼvogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining soʻnggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga koʻtariladi.