Ushbu oqshom doirasining co-main event jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 8 KO) meksikalik 26 yoshli Kevin Gonsales (26-0-1, 13 KO)ga qarshi ringga koʻtariladi. Ushbu chempionlik kamari uchun Eliminator, yaʼni saralash vazifasini oʻtab beradi. Gʻolib bokschi mutlaq jahon chempionligi uchun ringga koʻtarilish huquqini qoʻlga kiritadi.

Bokschilar ertangi jang oldidan taroziga chiqishdi. Unda Murodjon Ahmadaliyev 55,17 kg, Kevin Gonsales esa 54,88 kg vazn koʻrsatdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu boks oqshomi bizning vaqt bilan yakshanba tongida, taxminan soat 7:00dan soʻng boshlanadi.