Qayd etilishicha, Murodjon Ahmadaliyev 30-may kuni Meksikaning Gvadelaxara shahrida oʻtkaziladigan jang oqshomida mezbon Luis Kastiloga qarshi ringga koʻtariladi.
Maʼlumot uchun: Murodjon Ahmadaliyev shu kungacha professional boksda 14 ta jang oʻtkazib, ularning 13 tasida gʻalabaga erishgan (10 ta nokaut) va 1 ta jangda imkoniyatni boy bergan. 27 yoshli Luis Kastilo esa 23 ta jang oʻtkazib, 21 ta bahsda gʻolib boʻlgan (13 KO). U 1 ta jangda durang qayd etgan boʻlsa, yana bitta jangda magʻlubiyatga uchragan.