Bokschimiz 8-raundda raqibini texnik nokautga uchratdi.
Ushbu jangdan so'ng u o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ilk navbatda Yaratgandan minnatdorman. Jangga tayyorgarlik uzoq bo'ldi. Jamoam, murabbiylarim, promouterim eddi Xirnga minnatdorchilik bildiraman.
Jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rdim. Og'ir mashg'ulotlar bo'ldi va natija ko'rsata oldik.
Men qaytdim. Kuchli va aqlli, tezkor bo'lib qaytdim. O'zimni ko'rsatishni, kim yaxshi ekanligini, kim chempion ekanligini ko'rsatishni istagandim. Men chempionman.
Mag'lubyat meni yanada kuchli qildi.
Men kamarimni qaytarib olaman. Istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman. U mening kamarlarim. Shunchaki manzilni ayting", - dedi Ahmadaliev.