Raqamlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasiga o'tgan 2021 yilda jami 1 ming 627 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 744 tasi vertual qabulxona orqali, 883 tasi esa bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan.  

O'tgan yili jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo'llangan  murojaatlarning 883 tasi ko'rib chiqildi. Ularning 268 tasi qanoatlantirilgan bo'lsa, 757 fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berilgan. Ushbu murojaatlarning 1 ming 580 tasi ko'rib chiqilib, 627 tasi qanoatlantirilgan va 753 ta murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berilgan. Murojaatlarning 42 tasi ko'rib chiqish uchun tegishliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. 44 tasi ko'rmasdan qoldirilgan bo'lsa, 3 tasi rad etilgan, 158 tasi  esa o'rganish jarayonida qolgan.

Masalan, Angren shahar, Osiyo ko'chasi 23-uyda yashovchi S. Norboyeva nabirasini maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish bo'yicha amaliy yordam so'rab, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. Uning murojaati Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasini xodimlari tomonidan o'rganildi. Mazkur murojaatlar o'z vaqtida qanoatlantirilib, 2016 yilda tug'ilgan nabirasi D.Muxammadaliyevani Angren shahardagi 25-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish bo'yicha yo'llanma taqdim etildi.

Bo'stonliq tumani G'azalkent shahri, Bo'stonliq ko'chasi, 18/1-uyda yashovchi A. Mo'minov elektr tarmoqlariga ulanish uchun amaliy yordam so'rab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan.  Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlarining aralashuvi bilan G'azalkent tuman HeTK tomonidan  elektr tarmog'iga ulanish uchun texnik shart va shartnoma tayyorlanib, amaliy yordam ko'rsatildi.

Yangiyo'l tumani, Xonobod mahallasi 19-uyda yashovchi Elmira Januzakovaning farzandiga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olishida amaliy yordam so'rab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishonch telefoni” orqali qilgan murojaati Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o'rganildi. E.Januzaqovaning 2020 yilda tug'ilgan farzandi Rustamov Alixon Muxtor o'g'liga Yangiyo'l tuman FHDYO bo'limi tomonidan tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Inson bu dunyoda o'z qadriga ega bo'lib yashagandagina hayotidan mamnun bo'ladi. Qaysi bir idora yoki tashkilotga yo'llangan har bir murojaat ortida esa inson taqdiri, uning dardu tashvishi bor. Fuqarolarning murojaatini o'z vaqtida o'rganib, muammosini hal etish, ularga amaliy yordam ko'rsatish inson qadrini yana bir pog'ana yuksakka ko'taradi. Oldimizda bundan ulug' maqsad, bundan ustuvorroq vazifa yo'q. 

Yunus Xodjiyev,

Davlat xizmatlari agentligi

Toshkent viloyati boshqarmasi

 bosh maslahatchisi