Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqur oʻrin olayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil yurtdoshlarimizni qiynayotgan muammolarni oʻz vaqtida hal etilishiga xizmat qilmoqda.
Bunda albatta, Prezidentimizning 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etayotir.

Qabulda fuqarolar tomonidan 12 ta turli mazmundagi murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning 10 tasi joyida hal etildi, 2 tasi yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi. Murojaatlarning asosiy qismini tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli mablagʻ ajratish, ishga joylashtirish, uy-joy bilan taʼminlash kabi masalalar tashkil qildi.


– Men bir necha yildan buyon tikuvchilik bilan shugʻullanib kelaman. Mamlakatimizda tadbirkorlikni, xususan, oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Men ham bugungi “Sayyor qabul”da tikuvchilik faoliyatimni yana-da jonlantirish maqsadida kredit soʻrab murojaat qildim. Menga 10 dona tikuv mashinasi sotib olish uchun “Xalq banki” Zarafshon shahar filiali tomonidan kredit ajratiladigan boʻldi, – deydi Zarnigor Mustafoyeva.
Shuningdek, fuqarolar Shohruh Ismoilov va Feruza Abdiyevalarning ishga joylashish, Dilafroʻz Omonovaning esa tabdirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida yer ajratilishida koʻmak soʻrab qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

Shuningdek, qabul davomida bir nafar nogironligi boʻlgan fuqaroga “Muruntau” mahallasidan uy ajratib berish boʻyicha mutasaddilarga aniq koʻrsatma berildi.