— Axborot beruvchilar ham tez-tez fikrini aytsin. Hamma reglamentga amal qilsa, umrimiz yigʻilish zallarida oʻtib ketmaydi, - dedi viloyat hokimi.

Yigʻilishda byudjet, ijtimoiy sohalar, mahallabay ishlash va hokim yordamchilari hamda yetakchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrtaga tashlanganda viloyat hokimi “Prezidentimiz aytganlaridek, biz hokim yordamchilariga va yetakchilarga koʻmakchimiz, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kerak”, deya taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda korrupsiyaga qarshi kurash, korxona va tashkilotlarda sogʻlom muhitni shakllantirish masalalariga ham navbat berildi.

- Bugundan viloyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshlanganini eʼlon qilmoqchiman, - dedi Murotjon Azimov. - Endi ishxonamiz shaʼni deb yashirib oʻtirishni yigʻishtiradi hamma tashkilotlar. Tashkilot yoki hokimlik shaʼnini emas, davlatimiz shaʼni va rivojlanishi oʻylasak, yaxshi boʻlar edi. Mana Mirishkor tumani hokimining Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari U.Yaxshiyev yer masalalari hokimlikdan ketgan boʻlsada, fuqaroning ishonchiga kirib, 80 000 AQSH dollarining 50 000ni olayotganda qoʻlga tushgan. Bu ishda tuman hokimini ham oqlamayman. Ijtimoy tarmoqlarni oʻqidingizmi Sh.Sanayev “baliq boshidan” degan gaplar chiqayapti. Afsuski, bu gaplarda jon bor. Mirishkorga borganimda nuroniylar yoʻlimga chiqib, tuman markaziga ichimlik suvi olib keling, degandi. Shu ishlar bilan shugʻillanmasdan faqat oʻzini oʻylaydigan, tez boyishni oʻylaydigan jamoa yigʻilganmi hokimlikda?

Prezidentimiz bot-bot “afsuski, jamiyatimizda korrutsiya illati oʻzining turli koʻrinishlari bilan taraqqiyotimizga gʻov boʻlmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʻlmaydi, umuman jamiyatning birorta tarmogʻi rivojlanmaydi”, deya taʼkidlaydilar. Prezidentimiz topshiriqlari ijrosi bajartirmagan, eʼtiborsiz qaragan har qanday rahbar vazifasidan ozod etiladi.