Yaqinda Oʻzbekiston fuqarosi Y. Kadirova mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligidan Oʻzbekistonga qaytish yuzasidan koʻmak soʻradi. Uning maʼlum qilishicha, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Primorsk oʻlkasining Vladivostok shahrida mushkul moliyaviy vaziyatga tushib qolgan.
Bosh konsulxona tomonidan vatandoshimizning murojaati oʻrganib chiqildi.
Aniqlanishicha, Y.Kadirova 2013-yili Rossiyaning Primorsk oʻlkasiga vaqtincha ishlash uchun kelgan. Soʻnggi vaqtlarda u Vladivostok shahridagi uy hayvonlariga xizmat koʻrsatish salonida yordamchi lavozimida ishlagan. Oylik maoshi kamligi, yashashi hamda uy ijarasi uchun yetarli boʻlmagani sababli ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan moddiy jihatdan mushkul ahvolga tushib qolgan.
Bosh konsulxona tomonidan fuqaroning arizasi batafsil oʻrganib chiqilishi natijasida Y.Kadirova va uning voyaga yetmagan farzandlari nomiga “Mehr” loyihasi jamgʻarmasi hisobidan Vladivostok - Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchadigan havo qatnoviga chiptalar xarid qilindi va vatandoshlar Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.