Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.
Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.
Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining oʻrtacha natijasiga koʻra:
- 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
- 65 – 69,9 ballga – A darajali;
- 60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
- 55 – 59,9 ballga – B darajali;
- 50 – 54,9 ballga – S+ darajali;
- 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – S darajali sertifikat beriladi.
V+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.









