Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining oʻrtacha natijasiga koʻra:

  • 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
  • 65 – 69,9 ballga – A darajali;
  • 60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
  • 55 – 59,9 ballga – B darajali;
  • 50 – 54,9 ballga – S+ darajali;
  • 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – S darajali sertifikat beriladi.

V+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.