Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.I. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, unga 3 900 AQSH dollari evaziga musodara qilingan “Nexia 3” rusumli atomashinani olib berishini aytib, uning 2 900 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi va 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning xonadonida prokuratura organlari xodimlarining eski va yangi namunadagi xizmat kiyimlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.