Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligini nafaqat yurtimiz aholisi,  balki qator xorijiy mamlakatlarda istiqomat qiluvchi hamyurtlarimiz ham keng nishonlashdi.

Xususan, shu munosabat bilan Germaniya davlatining Berlin shahrida kontsert dasturi bo'lib o'tdi.

Dasturda yurt madhi, istiqlol qadri tarannum etilgan o'zbek mumtoz va estrada yo'nalishining eng sara namunalari ijro etildi.