Uchrashuv avvalida boshqarma boshligʼi oʼrinbosari Jasur Qayumov mustaqillik buyuk neʼmat ekanligi, istiqlol yillarida koʼhna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklanganligi, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuygʼusi yuragimizning tub-tubidan oʼrin olganligini taʼkidladi.
Oʼzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir oʼz soʼzida Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida toʼxtalib, Davlat xizmatlari markazi va FHDYo boʼlim xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotdan mamnunligini izhor etdi. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʼlida tarixiy ishlar amalga oshirilayotgani, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etilayotgani alohida taʼkidlandi. Xususan, xalqimizning ogʼirini yengil qilish, uning muammolarini vaqtida va samarali yechish, odamlarimizning hayot darajasi va sifatini yaxshilash barcha islohotlarimizning bosh maqsadi etib belgilanginligi, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega xizmat binolarining qad koʼtarayotgani har bir ijodkor koʼnglini toʼlqinlantirishini aytib oʼtdi.
– Bugungi uchrashuvdan bir olam taassurot oldik, – deydi Аngren shahar Davlat xizmatlari markazi boʼlim boshligʼi Zuxriddin Malikov. – Inson har doim ezgu niyat qilib, yaxshilikni diliga tugib yashaydi. Haqiqatan ham, biz Davlat xizmatlari markazi xodimlari xalq eʼtiboridagi, nazardagi insonlarmiz. Shunday ekan, nafaqat muomilamiz, odobimiz balki yurish-turishimiz, xulqimiz bilan ham boshqalarga namuna boʼlishimiz lozim.
Samimiy ruhda kechgan tadbirda sheʼrlar oʼqildi. Uchrashuvda Mahmud Toir Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi kutubxonasi uchun kitoblar sovgʼa qildi. Oʼz navbatida, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan xalq shoiriga tashakkurnoma va estalik sovgʼalari topshirildi.