Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ham mustaqillik bayramini oʻzgacha hayajon va katta koʻtarinkilik bilan nishonlamoqda. Viloyatdagi barcha Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO boʻlimlarida Prezidentimizning 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Mustaqillik ekspozitsiyasi tashkil etildi.
Ekspozitsiya “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etib, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatining namunalarini oʻzida jamlagan. Markazga tashrif buyurgan fuqarolar mustaqillikni tarannum etuvchi badiiy asarlar, yuksak mahorat va tajriba asosida yaratilgan sanʼat asarlari, kashtachilik buyumlari, tarix sahifalaridan hikoya qiluvchi asori-atiqalar bilan yaqindan tanishmoqda. Markaz xodimlari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda, deya xabar beradi DXA Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.