Mustaqillik — yangi orzu va maqsadlar belgisi

    Oʻzbekiston Respublikasi oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan buyuk tarixiy kun – xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin egallagan, har yili eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlugʻ ayyomdir.

    Har bir davlatning mustaqillikka erishgan kuni, shu mamlakat xalqining jahon hamjamiyatida tenglar ichra teng, oʻz oʻrni va oʻz soʻziga ega boʻlish baxtiga muyassar boʻlgan eng aziz sanasidir. Goʻzal va betakror ona diyorimiz – Oʻzbekiston bundan oʻttiz uch yil oldin oʻz taqdirini oʻzi mustaqil belgilash huquqiga ega boʻldi. Mustaqil taraqqiyot yoʻliga chiqdi. Oʻttiz uch yil aslida ulkan bir tarix uchun lahzaga teng fursat. Biroq ana shu yillar xalqimiz uchun nechogʻli muhim ahamiyatga ega boʻlganini bugun har birimiz yurakdan teran his qilamiz. Shu davr mobaynida yangi avlod kamolga yetdi. Eng muhimi, hayotining maʼno-mazmuni, maqsad-muddaosi va ongu dunyoqarashi tubdan oʻzgargan yurtdoshlarimizni mustaqillikni yanada mustahkamlash, tinchlik va osoyishtaligimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, barkamol avlodni tarbiyalab, mamlakatimizning jahondagi nufuzini yanada yuksaltirishdek ezgu maqsadlar birlashtirdi.

    Mustaqillikning qadr-qimmati va ahamiyati yildan yilga ortib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻyib, barcha soha va tarmoqlarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda, demokratik yangilanish jarayonlari kechmoqda. Oʻtgan davr erkin va farovon hayotni, buyuk kelajakni faqat va faqat mustaqillik asosidagina qurish mumkinligini koʻrsatdi. Shu maʼnoda mamlakatimiz istiqlolini, u bilan bogʻliq tarixiy sana va voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglash va qadrlash, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotimizda alohida oʻrin tutadi. Chunki istiqlol tufayli barchamiz erkin, baxtli va farovon hayot kechirish, isteʼdod va qobiliyatimizni toʻla namoyon etish, huquq va erkinliklarimizni roʻyobga chiqarish imkoniyatiga ega boʻldik.

    Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yilligi “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoya ostida tashkil etildi. Bu ayyom xalqimizning hur va ozod yashashi, baxtli hayoti, farovon turmushiga asos boʻluvchi eng muhim sana sifatida tariximiz sahifalariga bitilgan. Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida muhim ishlar amalga oshirildi. Xalqimiz oʻzining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarixan qisqa fursatlar ichida ulkan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi.

    Bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qoʻymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlash asosida Oʻzbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Mamlakatimiz istiqlolini, u bilan bogʻliq tarixiy sana va voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur anglash va qadrlash, har tomonlama munosib nishonlash ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotimizda alohida oʻrin tutadi. Chunki istiqlol tufayli barchamiz erkin, baxtli va farovon hayot kechirish, isteʼdod va qobiliyatimizni toʻla namoyon etish, huquq va erkinliklarimizni roʻyobga chiqarish imkoniyatiga ega boʻldik.

    Inson qayerda dunyoga kelsa, ana shu yer uning uchun aziz Vatan hisoblanadi. Kindik qoni toʻkilgan joy inson uchun hech narsaga almashtirib boʻlmaydigan, hamma narsadan ham qimmatli dargohdir! Mamlakatimizning davlat mustaqilligiga erishishi, huquqiy demokratik davlat qurilishi, yangi jamiyatga oʻtish davrida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash, maʼnaviy-ruhiy poklanish hamda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin olishi muhim tarixiy voqealardir.

    Yurtimizda inson qadri aziz. Har bir fuqaro xohish-irodasini amalga oshirishi, salohiyatini roʻyobga chiqarishi, kelajagini oʻzi tanlash va qurish imkoniyatiga ega. Bugun taraqqiyotning yangi bosqichida Oʻzbekiston farovonlik va adolat yoʻlida salmoqli yutuqlarga erishdi. Haqiqatdan ham inson chin maʼnoda qadr topgan, erkin va farovon hayot qurish, adolat va qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikka erishish, qudratli yangi Oʻzbekistonni barpo etish har birimizning asosiy maqsadimizdir.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yilligi bayram tadbirida barchani eng ulugʻ, eng qutlugʻ ayyom – Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, nutq soʻzladi, jumladan: – mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz. Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan har qancha faxrlansak, gʻururlansak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari. Shu bilan qatorda Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev 522 mahkumni avf etish haqidagi farmonni imzolaganligi Mustaqilligimizga boʻlgan hurmat va extirom deb qarash mumkin. Hujjatga koʻra, avf oʻz qilmishiga chin dildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy qaror qilgan shaxslarga berildi. Avf etilganlar orasida 159 kishi asosiy jazodan toʻliq ozod qilindi, 303 kishi shartli ravishda muddatidan oldin ozod etildi, 60 mahkumning jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Avf etilganlar orasida 56 ayol, 60 yoshdan oshgan 25 erkak, 233 yosh kishi, shu jumladan, bir nafar voyaga yetmagan shaxs bor. Shuningdek, avfga 19 xorijiy fuqaro va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 27 kishi ham kiritildi.

    Yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuchdir. Parijda boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida vatandoshlarimiz ulkan zafarlar qozondi. Shu kunlarda Paralimpiya oʻyinlaridan ham ketma-ket quvonchli xabarlar kelmoqda. Vatandoshlarimiz qatorida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida fargʻonalik ikki oʻgʻlonlar – Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullojonovning boks boʻyicha chempion boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritgani tarixiy voqea boʻlganni, Davlatimiz rahbarining farmoniga koʻra yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Shu bilan birga hozirgi vaqtda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinida Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanlik Yorqinjon Odilov para yengil atletika boʻyicha F57 klassining nayza uloqtirish bahsida oltin medalga sazovor boʻldi. Bunday xalqaro jahon musobaqalariga qatnashib yurtimiz shaʼnini butun dunyoga namoyish qilinishi davlatimiz rahbarini yoshlarga yaratib berayotgan, hamda Mustaqilligimizni sharofatlarning namunasi deb qarash mumkin.

    Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishda fidokorona qatnashib, Mustaqillikning buyuk neʼmatlarini shukrona qilib, qadriga yetib yashash hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga munosib hissa qoʻshish barchamiz uchun ham qarz, ham farz boʻlishi kerak.


    Abdulatif Abdumalikov,

    FarDU Sirtqi taʼlim boʻlimi boshligʻi,

    professor


    Hamkorlik materiali