O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurt ozodaligi va obodligiga hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimini bayram sovg‘alari bilan xursand qildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan respublika bo‘ylab yana 3500 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimiga bayram hadyalari ulashildi.

Tadbirlaridan asosiy maqsad mehnati har doim ham ko‘zga tashlanavermaydigan soha xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va xonadonlariga bayram shukuhini olib kirishdan iborat.

Qayd etilishicha, inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday xayrli tadbirlar mamlakatning barcha hududlarida davom etmoqda.