Qurbon hayit namozi o‘qilishi sabab Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayitini 27-mayga to‘g‘ri kelishi haqidagi axborotini inobatga olib, 2026-yilning 27-may kuni poytaxtimizdagi 119 ta masjidlarda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 26-may soat 24:00 dan 27-may soat 08:00 ga qadar poytaxtimizning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.