Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilariga bu haqda eslatdi. Prezident farmoni (PF–35-son, 20.12.2021-y.)ga koʻra, bular:

▪️ 1-sentyabr (payshanba) – Mustaqillik bayrami kuni;
▪️ 2-sentyabr (juma) – qoʻshimcha dam olish kuni;
▪️ 3-sentyabr (shanba) – 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
▪️ 4-sentyabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni.