Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining yigirma toʻqqiz yillik bayrami munosabati bilan yigʻilganlarni tabrikladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qoʻydi.