Mutasaddilarga ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi

    Ommaviy sportni rivojlantirish milliy olimpiya harakatining ajralmas bir qismi boʻlishi kerakligi qayd etildi.

    “Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston – Olimpiada oʻyinlarida nafaqat kurashchi-pahlavonlar yurti, balki chavandoz va yuguruvchilar, mergan va qilichbozlar, gimnast va suzuvchilar, futbolchi va tennischilar, marafonchi va velosportchilar mamlakati sifatida ham munosib ishtirok etishi kerak”, — dedi Prezident.

    Buning uchun mamlakatimizdagi zarur sport infratuzilmasiga ega boʻlgan 15 ta Olimpiya va paralimpiyaga tayyorlash markazi, 6 ta Respublika oliy sport mahorati maktabi, 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ana shu yoʻnalishlarda yuqori mahoratli sportchilarni tarbiyalagan mahalliy va xorijiy trenerlarni biriktirish lozimligi taʼkidlandi.

    Hukumatga sport federatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda har tomonlama asoslangan takliflarini kiritish topshirildi.