Masalan, viloyatda isteʼmol tovari ishlab chiqarishda oʻsish surʼatlari respublika koʻrsatkichidan 3 barobar kam. Ayniqsa, kichik biznesning sanoatdagi ulushi eng oxirgi oʻrinlarda.
Vaholanki, Qamashida sement, gips va marmar, Shahrisabzda grafit, Yakkabogʻda kvars qumi, Chiroqchida marganes, Kitobda dolomit va chinni konlarini oʻzlashtirib, ishlab chiqarishni karrasiga oshirish mumkin.
Bundan tashqari, Qashqadaryoda yiliga 150 ming tonna polietilen granulasi ishlab chiqarilsa-da, uni atigi 4 foizi viloyatning oʻzida qayta ishlanadi. “Shoʻrtangaz kimyo majmuasi” atrofidagi 200 gektar boʻsh yerda 100 turdagi import mahsulotini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa boʻladi.
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida 10 mingta ish oʻrni yaratish topshirildi.
Umuman, Qashqadaryoda sanoat hajmini kelgusi yilda 40 trillion soʻmga, eksportni 500 million dollarga yetkazish belgilab olindi.