— Kuz-qish mavsumi bo'lgani sababli shu kunlarda markazimizga kelayotgan bemor bolalar soni yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ortgan. Agar yosh toifasida oladigan bo'lsak, umumiy kasallarning 50 foizini 1 yoshgacha, 40-45 foizini 1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etmoqda. Undan yuqori yoshdagilarda esa kasallik nisbatan kam kuzatilmoqda.

— Ayni paytda bolalar o'rtasida asosan qanday o'tkir respirator virusli infektsiya ko'p uchramoqda?

— Avvalo shuni aytish kerakki, bugungi kunda o'tkir respirator virusli infektsiyalarni chaqiruvchi viruslar soni juda ko'p. Lekin barchasi O'RVI guruhiga kirib, 99 foizida chaqiruvchi kasalligi, alomatlari, belgilari, kechishi va asoratlari bir xil.

Bolalar o'rtasida eng ko'p uchrayotgani esa adenovirus infektsiyasidir. Afsuski, bugun ayrim ota-onalar farzandi ushbu virusga chalingudek bo'lsa, sarosimaga tushib, darrov shifoxonaga yugurmoqda. Bu bilan ular nafaqat farzandiga boshqa bemor bolalardan yangi virusning yuqishiga sharoit yaratib bermoqda, balki tibbiyot xodimlariga ortiqcha yuklama ham tug'dirmoqda.

Qolaversa, ko'pchilik ota-onalar bolada isitma chiqishini xavfli deb o'ylaydi. SHu sababli ularning 80-90 foizi farzandida tana harorati ko'tarilsa, darrov antibiotik va boshqa dorilar bilan davolashga urinadi. 

Hatto, shunday onalar ham borki, birgina isitma ko'tarilishini deb bolasiga 10 dan ziyod dori beradi. Bu bilan bemorning holati yaxshilanmaydi, aksincha yanada og'irlashadi.

— Xo'sh, bunday paytda ota-onalar nima qilishi kerak?

— eng avvalo, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda tana harorati 38-38.2, 1 yoshdan oshgan bolalarda esa 38.5S darajagacha ko'tarilmagunicha hech qanday isitma tushiruvchi dori vositalari berish tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, shu o'rinda ota-onalarga antibiotiklarni mutlaqo unuting, demoqchiman. CHunki antibiotik virusli infektsiyalarda umuman ishlamaydi. 

Aksincha bu dori vositasini noto'g'ri qo'llash oqibatida bola salomatligiga jiddiy zarar etishi mumkin. SHu bois antibiotikni faqat shifokor tavsiyasi bilangina olish lozim. Qolaversa, tana harorati bunday paytda virus qarshi dori vositalarini berish ham shart emas. Chunki ular bolaning jigariga salbiy ta'sir etadi.

Uning o'rniga esa tez-tez iliq suv yoki boshqa suyuqliklar (kompot, turli choylar) berish lozim. Boisi isitma payti organizmdan katta miqdorda ter ajralib, tana suyuqlik yo'qotadi. Shuning uchun bolaga me'yorida va me'yoridan ortiq suyuqlik berish maqsadga muvofiq. SHuningdek, bolani tez-tez ovqatlantirish kerak.

Aytish joizki, tana harorati 38.5S darajagacha ko'tarilishi organizmning kasallikka qarshi kurashayotganidan dalolat beradi. Ya'ni, tanaga infektsiya tushganda isitma ko'tarilishi normal holat hisoblanadi. Biroq bu vaqtda bolaning tana haroratini pasaytirish organizmda infektsiyaning ishlashi va jiddiy asoratlarga sabab bo'lishi mumkin.

Agar bolada turli nevrologik va boshqa jiddiy surunkali kasalliklar bo'lsa, isitma 38.5S darajadan ko'tarilganda unga issiqni tushiruvchi dori vositasi – paratsetamol yoki ibuprofen berish tavsiya etiladi. Bu dorini 3 kun qo'llash mumkin. Agar shu vaqt ichida bolaning umumiy ahvolida ijobiy o'zgarish bo'lmasa, darhol oilaviy shifokorga murojaat qilish lozim. Mutaxassis bilan suhbatni Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati olib bordi.