Bugun ushbu davlatlar safiga Chexiya Respublikasi ham qoʻshildi. Mamlakatda “omikron”ning BA.1 hamda BA.2 versiyalari belgilarini oʻzida mujassam etgan “XE” subvarianti aniqlandi. Qolaversa, baʼzi hududlarda VA.2 mutatsiyasining dominantga aylanishi ham kuzatilmoqda. Xususan, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida roʻyxatga olinayotgan koronavirusga chalinish holatlarining 70 foizgacha qismini mazkur “yashirin shtamm” tashkil etyapti.

Maʼlumki, hozir “kunchiqar yurt”da kuniga oʻrtacha 50 mingga yaqin kishi COVID-19 bilan kasallanmoqda. Aslida bu fevral oyiga qiyoslaganda qariyb ikki barobar kam koʻrsatkich. Ammo mutaxassislar Yaponiyada pandemiyaning yettinchi toʻlqini boshlanishidan jiddiy tashvishda. Chunki Tokioda VA.2 subvarianti bilan xastalangan bemorlar soni bir hafta ichida 52 foizdan qariyb 68 foizgacha oshgan.Shundan kelib chiqib, mahalliy hukumat koronavirusga qarshi emlangan qatlamni ragʻbatlantirishga doir saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirish niyatida.

Shuningdek, keyingi kunlarda Xitoyda kasallanishlar soni rekord darajaga chiqqan. Jumladan, 6-aprelda mamlakatda 25 mingdan ziyod kishiga SOVID-19 tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, soʻnggi sutka davomida ham xuddi shunday koʻrsatkich qayd etildi.

Mutaxassislar xulosasiga koʻra, bu yerda aniqlanayotgan yangi kasallanish holatlarining katta qismi “omikron”ning VA.2 mutatsiyasi hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati