Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Favqulodda vaziyatlarda jinoyat bilan bog'liq huquqbuzarliklarni oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlarining o'zaro hamkorligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

Anjumanni Akademiya boshlig'i, general-polkovnik Qobul Berdiyev ochdi.

So'zga chiqqanlar favqulodda vaziyatlarda jinoyatlarning oldini olish, surishtiruv va tergov jarayonlariga elektron ma'lumotlarni kiritish hamda favqulodda vaziyatlarda (holatlarda) huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng fikr-mulohazalarni bildirdilar.

—Prezidentimizning 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish masalasi asosiy yo'nalishlaridan biri ekanligini alohida ta'kidlash joiz deydi — Akademiya katta o'qituvchisi, podpolkovnik Rashid Absalomov.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joizki, olimlarning tabiiy ofatlardan so'ng yuzaga kelgan jinoyatlarga e'tibor qaratishi ularga qarshi favqulodda vaziyatlarda kurashish qoidalarini mukammal ravishda ishlab chiqilishini taqozo qiladi, buni esa favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashuvchi mutaxassislar bilan birgalikda, mazkur fanlarning chegarasida hal qilishi kelajakda o'zining samarasini berishiga poydevor bo'ladi.

 

 Farhodjon XOJAEV,

FVV Akademiyasi

katta o'qituvchisi, mayor