Unda Oʻzbekistonni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
(RIOvaBSITAM), Oʻzbekiston Akusher-ginekologiya uyushmasi raisi va aʼzolari taqdim etildi.
Ginekologiya va akusherlik sohasining ushbu yirik tadbirining bu yilgi ishtirokchilari dunyoning 130 mamlakatidan tashrif buyurgan 8 mingdan ziyod delegatlardan tarkib topdi.
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining sogʻliqni saqlash tizimidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri ona va bola salomatligini muhofaza etish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatning, jumladan birlamchi tibbiy sanitariya xizmatining osonligini oshirish, ilmiy va kadrlar salohiyatini rivojlantirish sanaladi. Bir qator davlat dasturlarini amalga oshirib borilyapti, ularning natijasi esa Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishilyapti. Bu borada mamlakatimiz mutaxassislari tomonidan dunyoning eng yaxshi amaliyotlari doimo oʻrganib boriladi. Mazkur kongress ham mana shunday imkoniyatni yaratilishiga xizmat qiladi”, — deb taʼkidlaydi Oʻzbekiston Akusher-ginekologiya uyushmasi boshqaruvi aʼzosi Natalya Nadыrxanova.
Oʻzbekiston tadbirda oʻzining ijobiy tajribasi bilan faol oʻrtoqlashdi. Akusherlik va ginekologiya sohasida soʻngi yillarda milliy qoʻllanmalarni, tibbiy yordam koʻrsatish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilyapti. Ular zamonaviy ilmiy isbotlarga asoslangan va profilaktikada, tashxislashda, akusherlik va ginekologiya kasalliklarini davolashda bir xillashtirishni maqsad qilgan. Bu ayollar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatining sezilarli darajada oshishiga, eng zarur muammolarni hal etishda ijobiy dinamikaning oʻsishiga imkon beradi.
Parij konferensiyasi markazida ish olib borayotgan ilmiy jamiyat oʻzining ayollar salomatligi va reproduktiv huquqlar, sogʻlik va ijtimoiy adolatga nisbatan tenglik tarafdori ekanligini namoyish etdi.
5 kun davomida 500 nafardan koʻproq ekspertlar oʻzlarining ilgʻor uslublari bilan oʻrtoqlashdi. Bunda muhokamalar besh parallel potoklar boʻylab davom etdi. Ekspertlar muloqot qilishi va fikrlari bilan boʻlishishi mumkin boʻlgan jamoat tadbirlari oʻtkazildi.
Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston 2014-yildan beri Xalqaro ginekologiya federatsiyasi — FIGO aʼzosi. Uning tarkibiga jami 130 ta jamiyataʼzolar kiradi.
Xalqaro federatsiyaning asosiy maqsadi butun dunyoda ayollarining salomatligini mustahkamlash va farovonligini taʼminlash boʻyicha missiyani amalga oshirishdir. FIGOda 10dan ortiq qoʻmita va ishchi guruhlar mavjud boʻlib, ularning manfaatlari doirasiga barcha akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari, barcha mamlakatlar uchun oson boʻlgan tavsiyalarni ishlab chiqish kiradi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Mutaxassislarimiz Parijdagi Butunjahon tibbiyot kongressida ishtirok etdi
9-12-oktyabr kunlari Parij shahrida Xalqaro ginekologiya federatsiyasining (FIGO) XXIV Butunjahon ginekologiya va akusherlik kongressi boʻlib oʻtdi.
Sirdaryo viloyatida noqonuniy baliq ovlash holatiga chek qo'yildi
- Savdo sohasidagi korxonalar 18,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
- Chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Nukus shahriga yangi prokuror tayinlandi
- Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani fosh etildi
- Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi