Tadqiqotchilarning tushuntirishicha, muz sirtining chang bilan qoplanishi uning quyosh nurini qaytarish xususiyatini kamaytiradi. Shu bois, muzlik yuzasi quyosh nurlarini yanada ko'p yuta boshlaydi, bu erish va global iqlim o'zgarishini sezilarli darajada tezlashtiradi.

Olimlar Tibet tog'larida muzlik changlarini tahlil qilib, uning katta qismi Xitoyning Takla-Makan va Hindiston Tar cho'llarida yomg'irli mavsum boshlanishidan oldin hosil bo'lgan degan xulosaga kelishdi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, cho'l changlari Tibet tog'larining markaziy va janubiy muzliklariga ko'proq zarar yetkazgan. Muz qoplamining kamayishiga relyef va g'arbiy shamollar ham ta'sir ko'rsatdi, deb xabar beradi mir24.tv.