Bundan tashqari, koʻp qirrali sheriklikning turli yoʻnalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolandi. Xususan:
– sogʻliqni saqlash, taʼlim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik toʻgʻrisida;
– konchilik sanoatida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida;
– xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida;
– maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi toʻgʻrisida;
– migratsiyaga koʻmaklashish va fuqarolarni oʻz mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;
– Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qoʻmitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar;
– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Oʻzbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi oʻrtasida bayonnoma;
– Madaniyat sohasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi.