24-25-mayda ushbu holatni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda IIB voqea joyiga chiqib oʻrgangan.

Aholi nomaʼlum hayvon 10 dan ortiq chorva mollarini boʻgʻizlab ketganini bildirgan. Shundan soʻng fuqarolar hayvonni taʼqib qilib, tunda oʻldirgan.

Hudud koʻzdan kechirilganda Oriyat mahallasidagi “Shomurodov Akbar” fermer xoʻjaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh nomaʼlum hayvonning bolalari topilgan, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Hozirda ushbu hayvon bolasini saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bogʻiga topshirilgan.