Bugun ochiq sud majlisida M. Ya. (1993-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) ga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudining 2023-yil 5-iyundagi qaroriga koʻra M. Ya. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi.