Laureus World Sports Awards 1999-yildan buyon har yili oʻtgan mavsumda erishgan yutuqlari uchun sportchilarni «Yil sportchisi», «Yil ayol sportchisi», «Yil jamoasi» kabi bir necha nominatsiyalar boʻyicha mukofotlab keladi. 2022-yilgi «Yil sportchisi» nominatsiyasi gʻolibligiga nomzodlar roʻyxatida ispaniyalik tennischi Rafael Nadal va argentinalik hujumchi Lionel Messi ham bor.
Yaqinda «Katta dubulgʻa» tasnifidagi turnirlarning 22 karra chempioni Nadal bu mukofotga Messi loyiq ekanligini taʼkidlab: «Bu men uchun katta sharaf, ammo Messi mendan koʻra munosibroq», dedi. Tan olish ham mardning ishi.