Saburi Haruo hamda Ichihashi Katsuya joriy yil 30-aprelda Oʻzbekiston Respublikasida Yangilangan Konstitutsiya boʻyicha boʻlib oʻtgan umumxalq referendumida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.
Uchrashuvda chogʻida, adliya vaziri A.Toshqulov xalqaro kuzatuvchilarning referendum kabi muhim siyosiy voqealarga ijobiy hissasini qoʻshishlarini alohida taʼkidlab, Yangi Konstitutsiyaning mazmun mohiyati hamda uni ishlab chiqishda xalqaro tajribani oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻz oʻrnida, kuzatuvchilar amalga oshirilayotgan islohotlarni, shu jumladan Yangi Konstitutsiya loyihasini yuqori baholadi, xususan unda inson huquqlarini himoya qilish mezonlari kuchaytirilganiga alohida eʼtibor qaratdi.
Shu bilan birga, 2021-yil 18-iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) hamda Nagoya iqtisodiyot universiteti oʻrtasida imzolangan Oʻzaro talabalar almashinuvi toʻgʻrisidagi memorandumi doirasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha fikr mulohazalar almashildi.
Kuzatuvchilar mutaxassis sifatida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan referendumda xalqaro kuzatuvchi boʻlib ishtirok etish katta sharaf ekanini qayd etib, referendum uchastkalaridagi tashkiliy ishlarga yuksak baho berdi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.