Mehmonga O'zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o'rinbosari Alisher Sa'dullaev, Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumi prezidenti Taha Ayhan, O'zbekiston etnosport assotsiatsiyasi raisi Oybek Norinboev hamrohlik qildi. 

Uchrashuv avvalida O'zbekiston va Turkiya do'stligi hamda “Ichan qal'a”da bo'lib o'tayotgan Xalqaro etnosport festivali manzaralari aks etgan videorolik namoyish etildi. 

Mamlakatlarimiz tarixan tutash rivojlanib keladi. O'zbek va turk xalqlari turmush tarzi, madaniyati, urf-odat va an'analari uyqash. Tilimiz o'xshash, xalqlarimiz bir-birini tilmochsiz tushunadi.

O'zbekiston va Turkiya do'stligi keyingi yillarda yangi – ko'tarinki bosqichda davom etmoqda. Bu jihatlar barcha jabhalarda, xususan ilm-fan, madaniyat va san'at, turizm, sport, yoshlar muloqotida ham ko'zga tashlanadi.

Najmiddin Bilol erdog'an dastlab yoshligi haqida gapirib berdi. Xususan, dunyoning ilg'or universitetlarida tahsil olgani, bugungi kunda yoshlarga bog'chadan to universitetigacha bo'lgan uzluksiz ta'lim berish borasida yo'lga qo'ygan ishlari haqida so'zladi. 

– Turkiy davlatlar ko'p yillar bir-biridan uzoqlashib yashadi. Allohga shukrki, bugun yana mehrdoshlik tolesiga erishib turibmiz. Bu Turkiy davlatlar etakchilarining do'stligi bilan yuzaga kelayotgan g'oyat xayrli taqdir. O'zbekiston va Turkiya munosabatlarida ham samimiy ishonch ruhi ufurib turibdi. Bu ham ikki davlat Prezidentlari do'stligi mevasidir. Bugun barcha sohalarda yaxshi natijalarga erishib turibmiz. Biz istardikki, Turkiya va O'zbekiston yoshlari ham do'stona aloqalarni davom ettirib, turkiy dunyo taraqqiyotiga birgalikda hissa qo'shsin.

Shundan so'ng uchrashuv savol-javob shaklidagi muloqot bilan davom etdi. YOshlar ta'limi, tarixiy do'stligimizni yanada mustahkamlash, yangilanayotgan dunyoda turkiy makon rivojiga hissa qo'shish, marrani yuksak olish hikmati haqida fikrlar bildirildi.

Najmiddin Bilol Erdog'an, shuningdek, Xalqaro etnosport festivali haqida ham o'z fikrlarini aytib o'tdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan etnofestival` dunyo xalqlarini birlashtirish, o'z navbatida, mamlakatda turizm rivojiga ham xizmat qiladi. Sizning chet tillarini bilishingiz esa, shahringizga keladigan mehmonlarga qulaylik yaratishda juda muhimdir, – dedi Bilol erdog'an yoshlarga qarata.