Bu haqda “Namangan MTRK”da xabar berildi.
“Namangan MTRK”da berilgan lavhada aytilishicha, “Gentra” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi mashinani katta tezlikda boshqarib, boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida ikki tomonlama yoʻlni ajratuvchi beton toʻsiqdan oshib qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan “Zil” rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yengil avtomobil 5 nafar maktab va texnikum oʻquvchilari tomonidan ijaraga olingan boʻlgan.
YTH oqibatida haydovchi va yoʻlovchilarga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq “Gentra” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi yoʻldayoq jon bergan.
Jabrlanuvchilarning qolgan 4 nafari (3 nafari 17 yosh, bir nafari esa 15 yosh) ham ogʻir holatda jonlantirish boʻlimida ekanligi aytilgan.









