Dastlab institut rektori R.Karimov mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, yaratilgan imkoniyatlar va bunga munosib ravishda qilinayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tdi. Xususan, institutda tashkil etilgan ko'rik-tanlov, musobaqalarda faol ishtirok etib, g'olib bo'lgan 292 nafar talabani mukofotlash va rag'batlantirish maqsadida 146 million so'mdan ziyod mablag' sarflandi.

Rektorning til sertifikati bo'yicha yuqori natija qayd etgan talabalarni rag'batlantirish borasidagi va'dasiga binoan SH.Haydarovga xalqaro til bilish sertifikatidan 7,5 ball natija ko'rsatgani uchun noutbuk sovg'a qilindi. Avvalroq M.Adashalieva ham xuddi shunday rag'batlantirilgan.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi uchun nomzod sifatida faol ishtiroki uchun 2-kurs magistranti Y.Mustaeva bazaviy stipendiyaning 5 barobari miqdoridagi pul mukofoti va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

YAna ko'plab talabalarga ham ijtimoiy faolligi, turli ko'rik-tanlovlarda ishtirok etib, g'olib bo'lgani uchun maxsus diplom, sertifikat hamda esdalik sovg'alar topshirildi. O'z navbatida, talabalar yaratilgan imkoniyat, har jihatdan qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.