Maʼlum qilinishicha, universitet biologiya taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi oilaviy kelishmovchilik sababli oʻz joniga qasd qilgan va vafot etgan. Talaba oʻquv jarayonida faol, fanlarni muntazam ravishda oʻzlashtirib kelgan.
Marhum talabaning oila aʼzolari universitetga hech qanday eʼtiroz va daʼvolari yoʻqligini maʼlum qilishgan. Ayni paytda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan oʻrganish olib borilmoqda.