“Oliy taʼlimda kredit-modul tizimi: Xalqaro tajriba va amaliyot” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, kredit-modul tizimi haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ikromjon Toʻxtasinovga “Namangan Davlat universitetining faxriy elchisi” ishonch yorligʻi topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida Namangan Davlat universiteti rektori Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovichga “Xalqaro Amir Temur” xayriya jamoat fondining esdalik nishoni taqdim etildi.
Geografiya yoʻnalishi talabasi tomonidan tayyorlangan loyiha uchun Innovatsiya vazirligi tomonidan “3-D printer” taqdim etildi, qolaversa, Norin tumanidagi maktablarga optika laboratoriya jihozlarini yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Namangan Davlat universitetining fizika fakultetiga 1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Muzokaralardan soʻng kelgusi rejalar tuzilib, yangi oʻquv yilidan boshlab talabalarga AQSHning Illinoys universiteti professor-oʻqituvchilari, xususan, doktorant Ikromjon Toʻxtasinov tomonidan onlayn maʼruzalar, mahorat darslari oʻtilishi kelishib olindi.
Sanjarbek HAMIDOV