Xususan, Rossiya Federatsiyasining Perm hamda Namangan viloyatlari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, Perm viloyati vakillarining Namangan viloyatiga joriy yilning oktyabr oyida tashriflari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Krasnodar viloyati vakillari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda Krasnodar viloyatida yengil sanoatni mahalliylashtirish hamda Namangan viloyatida meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish loyihalari ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, “Arnest” aksionerlik jamiyati tomonidan “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiyaning Yekaterinburg shahriga tashrifi davom etadi, deb xabar beradi Namangan viloyat hokimligi matbuot xizmati.