Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov olimpiadada ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan bokschi Shahnoza Yunusova va oʻq otish sporti vakilasi Muxtasar Tohirovani yuksak natija bilan qutlab, “Nexia-3” avtomobili bilan taqdirladi.
Shuningdek, Osiyo va Jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qayd etgan sportchilarga pul mukofotlari taqdim etildi.
Turizm va sport vaziri oʻrinbosari Avazbek Karimov Namangan viloyati rahbariga sport rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “Sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirdi.