Yorqin oʻyinlari, yirik hisobdagi gʻalabalari bilan musobaqa favoritiga aylangan Namangan jamoasi oʻz uyiga 2020-yildagi Oʻzbekiston chempioni degan faxriy nom bilan qaytadigan boʻldi.
“Finalda kuchsizlar boʻlmaydi”– degan ibora yana bir bora oʻz isbotini topdi.
Toshkent jamoasi bilan kechgan final uchrashuvi asosiy vaqtda kuchlar tengligi bilan yakunlandi. Hisob 17-17.
Omad penaltilar seriyasida Namanganliklarga kulib boqdi. Poytaxtliklarning 2 urinishini darvoza toʻsini qaytardi va bu hisobni 5-3 boʻlishini taʼminladi.
Gʻoliblar chempionat diplom va medallari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.