Namangan muhandislik-texnologiya institutining bir guruh iqtidorli talabalari va professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoasi ham Prezidentimiz tashabbusini qo‘llab-quvvatlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida bo‘ldilar.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Institut huzurida tashkil etilgan «Yashil makon volontyorlari» guruhi tomonidan hududning iqlimiga mos keladigan jiyda, saksovul ko‘chati va uning urug‘lari ekildi.
Talabalar yurtimiz ekologiyasiga qo‘shgan hissasidan juda mamnun bo‘lishmoqda. Institut «Yashil makon volontyorlari»ning navbatdagi delegatsiyasi kuz faslida Orol dengizi hududida ko‘chat ekadilar.