Namangan muhandislik-texnologiya institutida yil yakunlariga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi

    Bugun institutimizda oʻzgacha bir bayramona kayfiyat hukm surdi. 2024-yilning samarali ishlari va yorqin yutuqlariga bagʻishlangan yil yakuni tantanasi yuksak saviyada oʻtkazildi.

    Tadbir davomida institut rektori v.v.b, professor Ergashev Oybek Karimovich soʻzga chiqib, jamoamizning fidokorona mehnatini eʼtirof etdi. U kelgusi yil uchun rejalashtirilgan ulkan maqsadlar haqida ham fikrlarini bayon qildi.

    Tadbir davomida viloyatimizning sanʼat ustalari tomonidan taqdim etilgan rang-barang bayram konserti barchaning qalbini joʻshqin hislar bilan toʻldirdi. Kuy-qoʻshiqlar, diltortar musiqalar va ijrodagi betakror mahorat tadbirga alohida fayz va mazmun kiritdi.

    Mazkur marosim nafaqat oʻtgan yilning unutilmas natijalarini sharaflash, balki yangi yilda yangi marralar sari qadam tashlash uchun kuch va ishonch baxsh etdi. Ushbu tadbir barchaga bir maʼno mujassam etdi: mehnat qilingan joyda muvaffaqiyat albatta boʻladi! 2025-yil bizni yanada ulkan rejalar bilan kutib olmoqda. Institutimiz barchaning orzu va intilishlariga qanot bagʻishlash uchun doimo tayyor!